locale OZ

Fabio Kannavaro: Biz har doim maydonga g‘alaba uchun chiqishimiz kerak

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Gabonga (3:1) qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro: Biz har doim maydonga g‘alaba uchun chiqishimiz kerak
photo: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Gabonga (3:1) qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun birinchi bo‘limda himoyaviyda biroz xatolar kuzatildi. Tanaffusda qanday ko‘rsatma berdingizki, ular ishonch bilan harakat qilishni boshlashdi va Jahongir O‘rozovning o‘yiniga to‘xtalib o‘tsangiz.

- Birinchi bo‘limda o‘zimizga ishonmagandek harakat qildik. E’tibor to‘liq emasdi. Tanaffusda ularga har doim qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilishimiz kerakligini aytdim. Vaziyatni o‘zgartirish uchun taktika tomonlama o‘zgarishlar qildik. Biz har doim maydonga g‘alaba uchun chiqishimiz kerak. Shuningdek, bir xil motivatsiya bilan chiqish kerak. Bunday beqarorlikka yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Masalan, so‘nggi daqiqalarda ko‘rdingiz, o‘yin bizning nazoratimiz ostida o‘tayotgan edi, lekin juda ham xavfli hujumlar bo‘ldi.

- Zamonaviy futbolda standart vaziyatlar jamoalarning asosiy qurollariga aylanib bormoqda. Bugun jamoa ham ikki gol urdi, bu futbolchilarning mahorati evaziga bo‘ldimi yoki buning ustida ish olib borilyaptimi?

- Albatta, biz mashg‘ulotlarda barcha jihatlar bo‘yicha ishlaymiz. Agar bir mavsum davomida 40 yoki 45 gol urish mumkin bo‘lsa, uning uchun yaxshi hujumchi kerak. Hozir bizda 2 yoki 3 kun vaqt bor tiklanish uchun hamda keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur.

- Bo‘lajak bahslarda ko‘plab futbolchilar imkon berishingizni aytgandingiz. Bugun esa dastlabki o‘zgarishlar 76-daqiqada amalga oshirilmoqda. Bu kech emasmi?

- Bugun zaxiradan 8 o‘yinchi maydonga tushdi. Albatta, men sizning fikrlaringizni hurmat qilaman. Men juda ham ko‘p o‘yinchilarni chaqirganman. Agar siz mening o‘rnimda bo‘lganingizda, boshqacha fikrlargan bo‘lardingiz.

- Gabon milliy jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Gabon milliy jamoasining o‘yinlarini tomosha qilib chiqdik. Albatta, o‘yinchilarda mahorat bor, ularning qanday o‘ynashi va yaxshi jihatlari bor. Aytish kerakki, ularga qarshi maydonda o‘ynash qiyin bo‘ldi.

- Bugun Gabon terma jamoasiga qarshi ham jismoniy tomonlama ayrim paytlarda imkoniyatni boy berdik. Murabbiy bu ustida qanday ishlar olib borishyapti?

- Bu normal holat. Shu sababdan har doim barcha tushuntirishga harakat qilamiz. Siz Yevropa yoki Afrika jamoalariga o‘ynasangiz, jismoniy farq juda ko‘zga tashlanadi. Agar biz 100 foiz tayyor bo‘lmasak, biz qiynalishimiz aniq.

- Abduqodir Husanov keyingi o‘yinga qaytadi. Biz Venesuelaga qarshi o‘yinda yana yangi nomlar ko‘rishimiz mumkinmi Jahongir O‘rozov kabi futbolchilar singari.

- Hozir o‘yinchilarimiz qayta tiklanishi kerak. Yaxshi uhlab, dam olishlari zarur. Ertaga ertalab mashg‘ulotimiz bor. Bizda hali ham tiklanish davom etadi. Biroq, bizning asosiy e’tiborimiz yangi o‘yinchilarni ko‘rish, lekin o‘z navbatida muvozanatni ham saqlashimiz kerak. Aytaylik, biz yutqazib qo‘ysak, sizlar (jurnalistlar – muallif) menga e’tiroz bildirishingiz tabiiy. Bu mening juda ko‘p futbolchini almashtirib yuborganim uchun ro‘y beradi. Shu sabab, har doim o‘ylagan holda, eng yaxshi yechimni topishga intilaman», - deydi Kannavaro.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting