Fabio Kannavaro: Biz — bir jamoamiz. O‘zbekiston xalqi. Keling, birgalikda orzu qilaylik
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig‘in yakunlari haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizning oldimizda katta maqsad turibdi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga puxta, tayyorlangan va to‘liq xabardor holda yetib borish. Shu nuqtayi nazardan, BAAda o‘tkazilgan Al-Ayn xalqaro kubogida g‘alaba qozongan jamoam bilan faxrlanaman. FIFA reytingida bizdan yuqorida joylashgan Misr va Eron kabi kuchli raqiblar ustidan erishilgan g‘alabalar muhim tajriba bo‘ldi.
Safar endi boshlanmoqda, biroq biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Qadamma-qadam, har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz zarur. Faqat shunda biz barqaror va mustahkam jamoa tizimini shakllantira olamiz.
Biz — bir jamoamiz. O‘zbekiston xalqi. Keling, birgalikda orzu qilaylik”,-dedi mutaxassis.