Fabio Kannavaro: «Biz bilamiz va bundan qo‘rqmaymiz»
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Biz Portugaliyaning futbol falsafasini o'rganishga harakat qildik. Ular doimo to‘p nazorati orqali o‘yinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkon qadar tezroq o‘yinni o‘z foydasiga burishni, himoyani yorib o‘tishni istashadi.
Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik ko‘rdik, deb o'ylayman. O‘z rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol shunday o‘yin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qo‘rqmaymiz.
Qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz»,-dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.