locale OZ

Fabio Kannavaro Abbosbek Fayzullayevga murabbiylik qilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro Abbosbek Fayzullayevga murabbiylik qilishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Real”, “Yuventus” va boshqa bir qator jamoalarning sobiq futbolchisi Fabio Kannavaro Moskvaning SSKA klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mutaxassisning xizmatlariga “armiyachilar” prezidenti Yevgeniy Ginerning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kannavaroning so'nggi ish joyi Zagrebning “Dinamo” klubi bo'lib, murabbiy u yerda 2024-yilning dekabridan 2025-yilning apreligacha ishlagan.

Shuningdek, mutaxassis faoliyati davomida “Udineze”, “Benevento”, “An-Nassr”, “Guanchjou Evergrand” va “Tyanszin” klublarini ham boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting