locale OZ

Fabio Cannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Shartnoma bir yillik muddatga tuzilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Cannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi maoshi ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Italiyalik mutaxassis Fabio Cannavaro O‘zbekiston milliy jamoasi bilan shartnoma imzolab, yiliga qancha yevro maosh olishi haqidagi norasmiy ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Rossiyaning “Sport-ekspress” nashri bitimdan xabardor italiyalik manbasiga asoslanib yozishicha, 2006-yilgi jahon chempioni, mashhur murabbiy Fabio Cannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

52 yoshli mutaxassisning yillik maoshi 3,5–4 million yevroni tashkil etadi. Bu summaga uning murabbiylar shtabi xarajatlari ham kiradi.

Shartnoma bir yillik muddatga tuzilgan. Agar O‘zbekiston milliy jamoa 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida muvaffaqiyatli natijaga erishsa, Cannavaro shartnomani uzaytirish yoki Yevropaga qaytish haqida qaror qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting