locale OZ

Fabian Xyurselerning e’tirozi o‘rinlimi? Statistika boshqa narsani ko‘rsatmoqda

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler «Arsenal»ning burchak va toj to‘plarini o‘yinga kiritishda vaqtni ataylab cho‘zishidan norozi bo'lgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabian Xyurselerning e’tirozi o‘rinlimi? Statistika boshqa narsani ko‘rsatmoqda
photo: Google

Fabian Xyurselerning e’tirozi o‘rinlimi? Statistika boshqa narsani ko‘rsatmoqda!

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler «Arsenal»ning burchak va toj to‘plarini o‘yinga kiritishda vaqtni ataylab cho‘zishidan norozi bo‘lib, bunga qarshi aniq qoidalar yo‘qligini ta’kidlagan edi. Biroq, darvozabonlarning to‘pni qancha vaqt ushlab turishi bo‘yicha ma’lumotlar mutlaqo boshqa manzarani aks ettirmoqda.

Darvozabonlarning to‘pni o‘yinga kiritish vaqti (soniyada):

David Rayya («Arsenal»): O‘rtacha 3.96 soniya sarflab, APLda to‘pni eng tez o‘yinga kiritadigan posbonlardan biri bo‘lib turibdi (ro‘yxatda 18-o‘rin).

Bart Verbryuggen («Brayton»): Xyurselerning o‘z darvozaboni esa to‘pni ushlab turish bo‘yicha ligada 2-o‘rinda bormoqda — 6.52 soniya.

Bu borada eng sekin posbon «Manchester Yunayted» vakili Senne Lammens (7.68 soniya) hisoblanadi.
Eng tezkor darvozabon esa «Nyukasl»dan Nik Poup bo‘lib, u to‘pni 3.33 soniyada o‘yinga kiritadi.

Ko‘rinib turibdiki, darvozabonlarning vaqtni cho‘zishi borasida «Brayton»ning o‘z muammolari yetarli va «Arsenal» bu borada ulardan ancha tezkorroq.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting