Fabian Ruis qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
«PSJ» yarimhimoyachisi «Barselona»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
FOTO: Getty Images
29 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachi Fabian Ruis tez orada safga qaytishi mumkin. Bu haqda La Parisien nashri xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, futbolchi 1 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasi doirasidagi «Barselona»ga qarshi bahsda son mushaklaridan jarohat olgandi.
Manbaga koʻra, Ruis 29 oktyabr, chorshanba kuni boʻlib oʻtadigan Liga 1'ning 10-turidan oʻrin olgan «Loryan»ga qarshi bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Fabian Ruis joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist