Eze — «Arsenal» futbolchisi
Фото: Арсенал ФК
"Arsenal" Eberechi Ezening transferini e'lon qildi.
"To‘pchilar" futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. "Kristal Pelas" vinger uchun 60 mln funt oldi, yana 7,5 mln funt bonus sifatida ko‘zda tutilgan. Eze yangi jamoada 10-raqamni oldi.
"Arsenal"ning bu yozdagi umumiy xarajatlari 267 mln funtga yetdi. Eberechi uchun kurashda klub prinsipial raqib — "Tottenxem"ni ortda qoldirdi.
27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist