locale OZ

Evropa Ligasi. «Aston Villa» Birmingemda «Makkabi» ustidan zafar quchdi

Birmingemliklar ochkolarini 9 taga yetkazib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Evropa Ligasi. «Aston Villa» Birmingemda «Makkabi» ustidan zafar quchdi
ФОТО: Getty images

Evropa Ligasi 4-turida “Aston Villa” Birmingemda “Makkabi”ni qabul qildi.

O‘yinda katta ustunlikka erishgan Unai Emeri shogirdlari 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 45+1-daqiqada Yan Matsen hisobni ochdi. 59-daqiqada esa Doniyel Malen ikkinchi gol muallifi bo‘ldi.

Natijada “Aston Villa” 9 ochko jamg‘argan holda umumiy jadvalda 5-o‘rinda bormoqda, “Makkabi” esa bir ochko bilan 34-o‘rinni egallagan.

Evropa Ligasi. 4-tur
“Aston Villa” 2:0 “Makkabi”
Gollar: Matsen 45+1, Malen 59

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting