Evrokubok finallarida ish olib boradigan bosh hakamlar nomi ma’lum qilindi
Photo: Getty Images
UEFA tashkiloti YeChL, EL va EKL finallarida ish olib boradigan bosh hakamlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Chempionlar Ligasi finalida "PSJ" va "Inter" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ushbu uchrashuvni ruminiyalik referi Ishtvan Kovach boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.
Evropa Ligasi finalida esa "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari bahs olib boradi. Ushbu bahs 21 may kuniga belgilangan. Uchrashuvni nemis hakami Feliks Tsvayer rahbarligidagi brigada boshqarib boradi.
Konferensiyalar Ligasi finalida "Chelsi" va "Betis" jamoalari kuch sinashadi. O‘yin 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda bosh hakam sifatida bosniyalik Irfan Pelto tayinlandi.