locale OZ

«Everton»ning 71 yoshli muxlisi irqchilikda ayblanib hibsga olindi

Ushbu holat «Man Siti»ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Everton»ning 71 yoshli muxlisi irqchilikda ayblanib hibsga olindi
FOTO: Getty Images

APLning 35-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Everton» hamda «Manchester Siti» (3:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda «shaharliklar» hujumchisi Antuan Semenyoga nisbatan irqchi xarakterdagi haqoratlar yo‘llagan 71 yoshli muxlis hibsga olindi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fanat garov evaziga qo‘yib yuborilgan, biroq unga o‘yin kunlari stadionga yaqinlashish taqiqlangan.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv yakunlangach, ijtimoiy tarmoqlarda «Manchester Siti» himoyachisi Mark Gexi ham irqchilik hujumlariga uchragan. Bunga futbolchining o‘yin davomida gol bilan yakunlangan xatoga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Ushbu bahsdan so‘ng «Everton» 48 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalining 10-pog‘onasini egallab turibdi. «Manchester Siti» esa 71 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting