«Everton»ni sobiq himoyachisi Tommi Rayt 80 yoshida vafot etdi
Angliya terma jamoasi va «Everton»ning sobiq himoyachisi Tommi Rаyt 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Rаyt Angliya terma jamoasi safida debyutini 1968 yilgi Yevropa chempionatida o‘tkazgan. Ushbu turnirda inglizlar bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 1970 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etib, jamoa bilan birga chorak finalgacha yetib borgan. O‘shanda Angliya terma jamoasi G‘arbiy Germaniyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.
Tommi Rаyt Angliya terma jamoasi safida jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. «Everton» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi butun professional faoliyatini aynan liverpulliklar safida o‘tkazdi. U klub uchun 368 ta o‘yinda ishtirok etib, to‘rt gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Biz Angliya terma jamoasi safida 11 ta o‘yin o‘tkazgan Tommi Rаytning vafoti haqida chuqur qayg‘u bilan xabar topdik. Tommi xalqaro maydondagi debyutini 1968 yilgi Yevropa chempionatida o‘tkazgan, shuningdek, 1970 yilgi Jahon chempionatida ham Angliya sharafini himoya qilgan», — deyiladi Angliya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy bayonotida.