locale OZ

Everton Tarkovski bilan shartnomani uzaytirdi

32 yoshli futbolchi “irislar” bilan 2028 yilning yozigacha shartnomasini uzaytirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Everton Tarkovski bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

Everton himoyachi Jeyms Tarkovski bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, ingliz futbolchisi, 32 yoshli Tarkovski, “irislar” bilan 2028 yilning yozigacha shartnomasini uzaytirdi.

“Klubda yana uch mavsum qolish imkoniyati paydo bo‘lganidan mamnunman. Bu klubda to‘p surish va uning bir qismi bo‘lish men uchun sharaf”, – dedi Tarkovski.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms klubning vitse-sardori hisoblanadi. “Everton” safida shu kungacha 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta assist qayd etgan.

Devid Moyes jamoasi hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting