locale OZ

«Everton» Pikford bo‘yicha bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Everton Pikford bo‘yicha bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

“Everton” ingliz darvozaboni Jordan Pikford bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin turibdi. Bitim to‘rt yilga mo‘ljallangani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pikford 2017 yildan buyon “Everton” safida to‘p surmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Umuman olganda, Pikford “irislar” safida jami 319 ta o‘yinda maydonga tushib, 446 ta gol o‘tkazib yubordi va 89 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting