locale OZ

«Everton» Pickfordning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Everton» Pikford borasida bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

"Everton" darvozabon Jordan Pickford borasida bir qarorga keldi.

BBC xabariga ko'ra, mersisaydliklar 31 yoshli kipyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Hozirda klub muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, shartnoma uzoq muddatga bo'ladi.

Pickford 2017 yildan beri "irislar" safida to'p surmoqda. Bu davr mobaynida 322 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 449 ta gol o'tkazib yuborgan.

Shuningdek, u Angliya terma jamoasining ham asosiy darvozaboni hisoblanadi. "Sherlar" safida 76 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting