locale OZ

Everton Moyes bilan shartnomani uzaytirmoqchi

62 yoshli mutaxassis 2025 yilning yanvaridan beri jamoani boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Everton Moyes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

“Everton” bosh murabbiy Devid Moyes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvni uzaytirish bo'yicha tez orada muzokara o'tkazadi. 62 yoshli shotlandiyalik mutaxassis “irislar”ni uzoq vaqt davomida boshqarishga qarshi emas.

Ma'lumot tariqasida, Moyes 2025 yilning yanvarida “Everton” bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagandi.

Joriy mavsum jamoa 31 turdan so'ng APL turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi zonasidan 3 ochkoga ortda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting