locale OZ

«Everton» «Manchester Siti»ning ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Everton» «Manchester Siti»ning ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Himoya chizig'ini kuchaytirishni ko‘zlayotgan «Everton» klubi joriy mavsum yakunlangach «Manchester Siti» a’zolari Jon Stouns va Jek Grilish transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «irischilar» ayni damda ijara asosida jamoada to‘p surayotgan Grilishni butunlay olib qolish niyatida. Biroq «shaharliklar» vinger uchun belgilagan 50 million funt sterling (57,5 million yevro) miqdoridagi narx «Everton» rahbariyatiga ma’qul kelmayapti.

Shu bois, Liverpul klubi shartnoma bandlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha «Manchester Siti» bilan muzokara o‘tkazishga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, klub Jon Stounsni tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Tajribali himoyachining «Siti» bilan amaldagi kelishuvi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Shunday bo‘lsa-da, «Everton» mutasaddilari 31 yoshli futbolchining jarohatlarga moyilligi borasida ma’lum xavotirlarga ega.

Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchi uchun ham «Everton» begona emas: Stouns aynan ushbu klub orqali katta futbolga qadam qo‘ygan bo‘lsa, Grilish hozirda jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting