«Everton» ketma-ket yetti oʻyindan beri gʻalaba qozona olmayapti
Mersisaydliklar soʻnggi bor dekabr oyida «Nottingem Forest»dan ustun kelgandi.
FOTO: Getty Images
«Everton» o‘z maydonidagi omadsiz seriyasini davom ettirmoqda — jamoa uy stadionida ketma-ket yetti o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. APLning 27-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda mersisaydliklar Liverpulda «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berdi.
«Everton» o‘z maydonidagi oxirgi g‘alabasini dekabr oyining boshida, «Nottengem Forest»ni 3:0 hisobida mag‘lub etganida qo‘lga kiritgan edi. O‘shandan buyon o‘tkazilgan yetti uchrashuvda jamoa bor-yo‘g‘i ikki bor durang o‘ynadi va besh marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Hozirgi vaqtda jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. Kelasi turda «Everton» «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist