«Everton» Jek Grilishni mavsum oxirida ham jamoada saqlab qolmoqchi
«Everton» klubi joriy mavsum yakunlangach, yarimhimoyachi Jek Grilish bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda. Bu haqda The Athletic sahifasi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi ayni damda «Manchester Siti»dan ijara asosida mersisaydliklar safida to‘p surmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Liverpul klubida Grilishni 50 million funt (taxminan 57,5 million yevro) evaziga sotib olish huquqi mavjud. Biroq, «Everton» hozircha bunday yirik transferni amalga oshirishdan ko‘ra, ijarani yana bir mavsumga uzaytirish variantini ma’qul ko‘rmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda 30 yoshli xavbek «Everton» safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ta’kidlash joizki, futbolchi mavsum boshida ajoyib sport formasida edi, biroq hozirda u oyoq suyagi sinishi (stress fracture) sababli davolanish kursini o‘tamoqda va joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.