«Everton» Jek Grilishni jamoada saqlab qolmoqchi
Angliyalik futbolchi hozirda mersisaydliklar safida ijarada toʻp surmoqda.
FOTO: Getty Images
«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoada Jek Grilishni saqlab qolmoqchi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini ijaraga bergan «Manchester Siti» bilan uning to‘liq transferi borasida kelishuvga erishish niyatida va hozirda 50 mln funt sterling etib belgilangan sotib olish narxini pasaytirishga urinishadi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli vingerning o‘zi ham «Everton»da qolishni istamoqda.
Joriy mavsumda Grilish barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist