«Everton» Grilishning transferini e'lon qildi
Photo: Everton
“Manchester City” vingeri Jek Grilish endi “Everton” safida to'p tepadi. Bu haqda “irislar” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha ijarada Liverpul shahri klubida o'ynaydi.
Futbolchining ijara shartnomasida 50 million funt sterlingga sotib olish varianti mavjud.
Ma'lumot uchun, Grilish 2021 yildan beri “Manchester City”da o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist