«Everton» Garner bilan shartnomani uzaytirdi
Yangi kelishuv 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Фото: Эвертон
James Garner “Everton”dagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mersisayd klubi 24 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Angliyalik futbolchi “Manchester United” tarbiyalanuvchisi sanaladi va “Everton” uni mankunianliklardan 2022 yili 10 million yevroga sotib olgan.
Ma’lumot uchun, Garner bu mavsumda Angliya Premyer-ligasida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistentlik qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist