locale OZ

«Everton» Dovbik bilan muzokara o'tkazmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Everton» Dovbik bilan muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images

"Everton" "Roma" hujumchisi Artyom Dovbik bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "irislar" ukrainalik 28 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshlagan.

Qayd etilishicha, "Everton" Dovbik transferi uchun 40 million yevro to'lashga tayyor.

"Roma" ham futbolchi borasida yaxshi taklif bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, u 2024 yil yozida "Girona"dan "Roma"ga kelib qo'shilgan. Rim klubi Artyomning transferi uchun 30,5 million yevro sarflagandi.

O'tgan mavsum Dovbik A Seriyada 32 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting