\"Everton\" Brentveyt bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
“Everton” klubi Jarrod Brentveyt bilan yangi besh yillik shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 23 yoshli himoyachiga APLning boshqa jamoalaridan taklif bo‘lishiga qaramay, u “Everton”da qolishga qaror qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari tomonidan qiziqish bildirilyotgandi.
“Juda ham hursandman. Shartnoma uzaytirilishi mavsum yakunlanganidan beri muhokama qilayotgan masala edi. Yangi stadion, yangi rahbariyat va yangi murabbiy bilan oldimizda juda qiziqarli loyiha turibdi. Men uning bir qismi bo‘lishni istayman”, – deydi Brentveyt.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist