locale OZ

\"Everton\" 4 nafar futbolchi jamoani tark etishini e'lon qildi

Avvalroq 3 nafar futbolchi ham "irislar" bilan xayrlashgandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Everton" 4 nafar futbolchi jamoani tark etishini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Angliyaning “Everton” klubi rasmiy sahifalari orqali 4 nafar futbolchi jamoani tark etishini e'lon qildi.

Klub bergan xabarga ko‘ra, Jek Harrison, Jesper Lindstrom, Orel Mangala va Armando Broya kabi o‘yinchilar yozda klub bilan xayrlashadi.

Bu futbolchilar “Everton”ga ijara asosida kelib qo‘shilgandi. Harrison “Leeds”ga, Lindstrom “Napoli”ga, Mangala “Lyon”ga, Broya esa yana “Chelsea”ga qaytib ketadi.

Avvalroq klub Eshli Yang va darvozabonlar Asmir Begovich hamda Joau Virginia “Everton”ni tark etishini e'lon qilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting