locale OZ

Estevao «Chelsi» safida XXI asr rekordini oʻrnatdi

18 yoshli futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda bitta gol va bitta assist muallifiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Estevao «Chelsi» safida XXI asr rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

«Chelsi»ning qanot hujumchisi Estevao APL doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.

Braziliyalik futbolchi ushbu uchrashuvda gol urib, yana bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Bellashuv «ko‘klar»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv vaqtida Estevao 18 yosh-u 276 kunlik edi. Bu natija uni «Chelsi» tarixida Angliya chempionati doirasidagi bitta o‘yinda ham gol urib, ham assist amalga oshirgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylantirdi, deya xabar bermoqda Opta.

Avvalroq bunday ko‘rsatkichga faqat Nil Shipperli yoshroq davrida erishgan. U 1993 yil aprel oyida «Uimbldon»ga qarshi bahsda gol va golli uzatma bilan ajralib chiqqan, o‘shanda futbolchi 18 yosh-u 164 kunlik edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting