locale OZ

ESPN madridlik “Real”ning yangi murabbiyi kim bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ESPN madridlik “Real”ning yangi murabbiyi kim bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi
ESPN madridlik “Real”ning yangi murabbiyi kim bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Taniqli sport kanali ESPN ma’lum qilishicha, madridlik “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin kunlarda klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qiladi. Manbaga ko‘ra, Anchelotti va Peres “Real”ning La Ligada “Real Sosyedad”ga qarshi oxirgi o‘yinidan so‘ng murabbiyning klubdan ketishi bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Shuningdek, 18 iyun kuni “Real” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokini boshlashi aytilgan. Vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida futbol bo‘yicha zamdirektor Santyago Solari, “Kastilya” murabbiyi Raul Gonsales yoki yoshlar jamoasi ustoz Alvaro Arbeloa tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 33 turdan so‘ng madridliklar La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting