locale OZ

Eshli Koul B Seriya klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

45 yoshli mutaxassis hozirda Angliya U21 terma jamoasida faoliyat yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eshli Koul B Seriya klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Chelsi» va Angliya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Eshli Koul Italiya B Seriyasi vakili «Chezena» klubi bilan bosh murabbiylik lavozimiga tayinlanish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

45 yoshli mutaxassis Li Karsli boshchiligidagi Angliya U21 yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etishi kutilmoqda. «Chezena» prezidenti Mayk Melbi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Koulning tayinlanishi haqida yaqin kunlarda rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda. Ayni damda «Chezena» turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi va pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Koul bungacha Frenk Lempard qo‘l ostida «Everton»da, Ueyn Runi bilan «Birmingem»da hamda Li Karsli bilan Angliya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. «Chezena»dagi ish uning bosh murabbiy sifatidagi ilk tajribasi bo‘ladi.

Eshli Koul futbolchilik faoliyati davomida «Arsenal» va «Chelsi» klublaridagi o‘yinlari bilan ko‘proq tanilgan. U Angliya milliy terma jamoasi safida jami 107 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting