Ertaga Toshkentda Oliy liganing hal qiluvchi — 12-tur bahslari start oladi
Futzal bo‘yicha mamlakat XXIX milliy chempionati yakuniga yetib bormoqda. Ertaga poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida Oliy liga jamoalari mavsumning so‘nggi — 12-tur uchrashuvlariga kirishadi.
Chempionat 28-may kuni mamlakatimizning ikki grand jamoasi — BMB PFC hamda “Oil Star” o‘rtasidagi bahs bilan rasman yakunlanadi. Shundan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentlik futzal muxlislari olti kun davomida 15 ta qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanishadi. Ayniqsa, sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan Buxoroning “Oil Star” hamda Toshkentning SQB jamoalari ishtirokidagi bahslar turning eng markaziy uchrashuvlari bo‘lishi kutilmoqda.
Ayni paytda poytaxtliklardan 3 очко oldinda borayotgan buxoroliklarda vitse-chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Biroq “Oil Star”ni oldinda jiddiy raqiblar kutib turibdi. Qolaversa, boshqa jamoalar ham osonlikcha taslim bo‘lish niyatida emas. Har bir klub mavsumni yuqori notada yakunlash va turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilash maqsadida parketga chiqadi. Bu esa uchrashuvlarning murosasiz va tomoshabop o‘tishini ta’minlaydi.
Shu o‘rinda, O‘FF tasarrufida o‘tkazilayotgan barcha musobaqalarga muxlislar учун kirish mutlaqo bepul ekanligini ham eslatib o‘tamiz. “Yunusobod” sport majmuasiga tashrif buyuring, sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va futzalning betakror muhitidan zavqlaning!
Quyida 12-tur uchrashuvlari taqvimi bilan tanishing:
23-may (shanba)
15:00 Nasaf – Qizilqum
17:00 Dinamo – Neftchi
19:00 SQB – Surxon - +:-
24-may (yakshanba)
15:00 Dinamo – Qizilqum
17:00 SQB – Neftchi
19:00 Nasaf – Surxon - +:-
25-may (dushanba)
15:00 Bunyodkor – Lokomotiv
17:00 Maksam-Chirchiq – BMB
19:00 Oil Star – OKMK
26-may (seshanba)
15:00 Nasaf – Neftchi
17:00 SQB – Qizilqum
19:00 Dinamo – Surxon - +:-
27-may (chorshanba)
15:00 OKMK – Maksam-Chirchiq
17:00 Lokomotiv – Oil Star
19:00 BMB – Bunyodkor
28-may (payshanba)
13:00 Lokomotiv – Maksam-Chirchiq
15:00 OKMK – Bunyodkor
17:00 BMB – Oil Star