Ertaga sohil futboli bo‘yicha terma jamoa yig‘ini boshlanadi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan 24–30-iyun kunlari sohil futboli bo‘yicha mamlakat terma jamoasi uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Yig‘in poytaxtimizdagi Milliy terma jamoalar markazida bo‘lib o‘tadi.
Yurtimizda sohil futbolini qayta rivojlantirish O‘zbekiston futzal federatsiyasining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi. Federatsiya sohil futboli infratuzilmasini tiklash, musobaqalar tizimini ishlab chiqish hamda terma jamoalar faoliyatini keng yo'lga qo'yish yuzasidan qator muhim tashabbuslar ishlab chiqdi.
Mazkur yig‘in ham ana shu sa’y-harakatlarning amaliy davomi bo‘lib, sohil futboli terma jamoasini xalqaro va qit’a miqyosidagi musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlashni maqsad qilgan.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu yig‘inga respublikamizning turli hududlaridan saralab olingan eng iqtidorli futbolchilar jalb etilgan.
Ahadjon Yusupov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bir hafta davomida futbolchilarning jismoniy holati, texnik-taktik saviyasi va ruhiy tayyorgarligini atroflicha o‘rganadi. Shuningdek, sohil futboli ko‘nikmalarni tiklash va jamoaviy o‘yin mexanizmlarini shakllantirish ustida ish olib boriladi.
Mashg‘ulotlar jarayoni, murabbiylar va futbolchilar fikrlari hamda eksklyuziv reportajlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.