locale OZ

Ertaga O‘zbekistonda davlat ishlari kechroq boshlanadi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ertaga O‘zbekistonda davlat ishlari kechroq boshlanadi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 18-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk o‘yini munosabati bilan barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlashni belgiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

“Prezidentimiz ertangi o‘yinni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10 da boshlanishini belgiladilar”, dedi Asadov.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Jahon chempionatidagi tarixiy uchrashuvda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 07:00da Meksikadagi “Atsteka” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting