locale OZ

Ertaga \"OKMK\" Olmaliqda \"Nasaf\"ni qabul qiladi

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ertaga "OKMK" Olmaliqda "Nasaf"ni qabul qiladi
PHOTO: Telegram

23-aprel kuni Olmaliqda bizni yana bir ajoyib futbol oqshomi kutib turibdi. O‘zbekiston Kubogi «H» guruhi 2-tur doirasida mamlakatning ikki kuchli jamoasi — o'tgan mavsumning chempioni va vitse-chempionlari to‘qnash kelishadi. Ushbu sanada "OKMK" o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini mehmon qiladi.

Bu bellashuv har ikki jamoa uchun musobaqadagi holat nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. "OKMK" kubok uchrashuvining ilk turida ochko yo‘qotgan bo‘lsa, «Nasaf» g‘alaba orqali muhim bo'lgan ochkolarni jamg'arishga erishgan. Shu sababdan ham «konchilar» o'tgan uchrashuvda yo‘qotilgan ochkolarni qoplash va guruhdagi pozitsiyasini yaxshilashni maqsad qilgan. O'z navbatida, qarshiliklar ham turnir jadvalidagi ustunligini mustahkamlab, pley-off bosqichiga erta yo‘l olishni ko‘zlamoqda.

Yuqoridagi omillar mazkur uchrashuvga alohida prinsipiallik baxsh etadi. Har ikki jamoaning musobaqadagi holati, ochkolarga bo‘lgan ehtiyoji va sport ambitsiyalari bellashuvda keskin raqobat muhitini shakllantiradi. O‘yinning yuqori tempda, kuchli intilish va taktika ustuvorligida kechishi, har bir daqiqa futbol ixlosmandlari uchun qiziqarli va murosasiz lahzalarga boy bo‘lishini ta'minlaydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting