locale OZ

Ertaga futbol. Prevyu. \"Paxtakor\" - \"Qizilqum\"

"Sherlar" 2026 yilgi mavsumning ilk turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"
photo: Paxtakor FK

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"

"Sherlar" 2026 yilgi mavsumning ilk turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 52 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. 43 bahsda yutgan "Paxtakor" 7 bor durang o‘ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 143 gol urilib, 32 to‘p o‘tkazilgan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 22tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 3 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. O‘z maydonida "Paxtakor" 9 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni jamoamizdan Bashar Resan diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 27 fevral, juma kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting