locale OZ

Ertadan talabar o'rtasidagi turnir boshlanadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ertadan talabar o'rtasidagi turnir boshlanadi
PHOTO: Telegram

O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan har yili o'tkazilishi odat tusiga kirib borayotgan talabalar o'rtasidagi Coca-Cola Students Cup turniri ertadan start oladi.

Uchrashuvlar “Jar” stadioni yonida joylashgan maydonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Coca-Cola Students Cup musobaqasi formati

Musobaqaning 1-bosqichi oldidan 73 ta univer bir savatga joylanadi. Ular orasidan eng omadli 13 tasi birdaniga keyingi imtiyozga ega bo‘ladi va 2-bosqichga yo‘l oladi (Rasm 1).

Qolgan 60 ta univer o‘zaro 30 ta juftlik hosil qiladi va g‘olib jamoalar 2-bosqichga yo‘l oladi (Rasm 2, 3, 4).

Mag‘lub bo‘lgan 30 ta jamoada 2-bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi. Buning uchun ular 2 ta imkoniyatdan unumli foydalanishi kerak bo‘ladi.

1-imkoniyatda mag‘lub bo‘lgan 30 ta jamoa o‘zaro 15 ta juftlik hosil qiladi va penaltilar seriyasida o‘z omadini sinab ko‘radi. Mag‘lub bo‘lgan univer musobaqa bilan xayrlashadi (Rasm 5).

2-imkoniyatda 15 ta jamoaning ro‘yxatdan o‘tgan barcha 12 nafardan futbolchisi darvoza to‘sini yoki ustunini nishonga olishga urinadi. Yakunda eng yaxshi natija qayd etgan 3 ta jamoa 2-bosqich chiptasini qo‘lga kiritadi (Rasm 6).

Shu tariqa 2-bosqichga jami 46 ta jamoa yo‘l oladi:
• 13 ta imtiyozli univer;
• 30 ta g‘olib univer;
• 3 ta imkon topgan univer.


Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting