locale OZ

Eron viza bilan bogʻliq muammolar sabab JCh-2026'ni oʻtkazib yuborishi mumkin

Vaziyatning bunday tus olishiga Yaqin Sharqdagu geosiyosiy taranglik sabab boʻlmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron viza bilan bogʻliq muammolar sabab JCh-2026'ni oʻtkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga bor-yo‘g‘i 28 kun qolgan bir paytda, Eron terma jamoasining turnirdagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi. RMC Sport nashrining xabar berishicha, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Taj jamoaning birorta a’zosi hali ham AQSh vizasini olmaganidan jiddiy xavotir bildirgan.

Vaziyatning bunday keskin tus olishiga Yaqin Sharqdagi geosiyosiy taranglik va 1980 yildan buyon Tehron hamda Vashington o‘rtasida diplomatik aloqalarning mavjud emasligi sabab bo‘lmoqda. FIFA prezidenti Janni Infantino Eron o‘z o‘yinlarini belgilangan jadval asosida o‘tkazishiga va’da bergan bo‘lsa-da, amalda viza masalasi hali ham ijobiy hal etilmagan.

Shu sababli, Mehdi Taj yaqin kunlarda FIFA rasmiylari bilan uchrashib, viza kafolatini talab qilmoqchi. Rejaga ko‘ra, jamoa kelasi dushanba, 18 may kuni Turkiyaga yo‘l olib, Anqarada barmoq izi topshirish jarayonidan o‘tishi va turnir oldi yig‘inlarini boshlashi lozim. Agar viza bilan bog‘liq muammo yaqin vaqt ichida o‘z yechimini topmasa, Eron terma jamoasi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting