locale OZ

Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Vakillarimiz navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron ustidan 3:1 hisobida qozongan g‘alabasi FIFA reytingidagi holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Joriy onlayn hisob-kitoblarga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa ushbu natija evaziga 6,83 ball qo‘shib oldi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonning umumiy reyting ochkosi 1409,73 balldan 1416,56 ballga yetdi. Bu natija terma jamoamizga onlayn reytingda bir pog‘ona yuqorilab, 59-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. O‘zbekiston shu tariqa 1411,06 ballga ega Qatarni ortda qoldirdi.

Eron terma jamoasi esa Farg‘onadagi mag‘lubiyatdan so‘ng 6,83 ball yo‘qotdi. Natijada uning reyting ko‘rsatkichi 1609,85 balldan 1603,01 ballga tushdi. Shunga qaramay, Eron joriy onlayn reytingda 22-o‘rinni saqlab qolmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoalar shu vaqtgacha yetti bor to‘qnash kelgan: O‘zbekiston ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan, Suriya uch bor ustun kelgan, yana ikki bahs durang bilan yakunlangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting