Eron terma jamoasining asosiy darvozaboni 4 oyga diskvalifikatsiya qilindi
Alireza Beyranvandning o‘yindan chetlatilishi O‘zbekiston uchun muhim bahslarda ustunlik berishi mumkin
Rasm: Telegram
So‘nggi yillarda Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar mintaqadagi asosiy derbilardan biriga aylandi. Bu bellashuvlar har doim katta qiziqish va intriga uyg‘otadi.
Biroq Eron milliy jamoasi katta yo‘qotishga uchradi — asosiy darvozabon Alireza Beyranvand 4 oyga ichki musobaqalarda o‘yindan chetlatildi. Sabab — u "Persepolis" klubi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilgani uchun sudda ma’muriy jazo oldi.
Sud qaroriga ko‘ra, Beyranvand va uning hozirgi klubi "Persepolis"ga 277 ming dollar to‘laydi. Darvozabon 4 oy maydonga chiqa olmasligi Eron terma jamoasi uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.
Bakradze Iman
Redaktor