locale OZ

Eron terma jamoasi mashgʻulot bazasi yaqinidan chirigan jasad topildi

Hozircha marhumning shaxsi aniqlanmagan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Eron terma jamoasi mashgʻulot bazasi yaqinidan chirigan jasad topildi
FOTO: Getty Images

Eron terma jamoasining Tixuanadagi mashgʻulot bazasi yaqinida chirish holatidagi jasad topildi. Bu haqda Actu Foot nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, jasad qora paketga oʻralgan boʻlgan va unda zo‘ravonlik alomatlari aniqlangan. Hozircha marhumning shaxsi, voqea qachon sodir boʻlgani va bu holatning mundial bilan bogʻliqligi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.

Mahalliy huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlagan. Eron terma jamoasi esa JCh-2026 doirasida «G» guruhida Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi.

Maʼlumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting