locale OZ

Eron terma jamoasi JCh-2026 oʻquv-mashg‘ulot yigʻinini AQShdan Meksikaga koʻchirdi

Bunga viza bilan bogʻliq muammolar sabab qilib koʻrsatilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron terma jamoasi JCh-2026 oʻquv-mashg‘ulot yigʻinini AQShdan Meksikaga koʻchirdi
FOTO: Getty Images

Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida Meksikada joylashadigan boʻldi. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Eronning oʻquv-mashgʻulot yigʻini lagerini Tuson (Arizona, AQSh) shahridan Meksikaning chegara oldi Tixuana shahriga koʻchirish haqidagi soʻrovini maʼqulladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Lagerni koʻchirish Eronga viza bilan bogʻliq qiyinchiliklardan qochish imkonini beradi, shuningdek, jamoa «Iran Air» reyslari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Meksikaga uchib kelishi mumkin boʻladi.

Eron terma jamoasi guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinini Los-Anjelesda oʻtkazadi: 15 iyun kuni Yangi Zelandiya, 21 iyun kuni esa Belgiya bilan toʻqnash keladi. Shundan soʻng, jamoa 26 iyun kuni Sietlda Misrga qarshi maydonga tushadi.

Maʼlumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting