locale OZ

Eron terma jamoasi Belgiya bilan oʻyinda Jahon chempionatlari tarixidagi eng qari tarkibni maydonga tushirdi

Soʻnggi turda forslar Misrga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron terma jamoasi Belgiya bilan oʻyinda Jahon chempionatlari tarixidagi eng qari tarkibni maydonga tushirdi
FOTO: Getty Images

Eron terma jamoasi «G» guruhi 2-turi doirasida Belgiyaga qarshi kechayotgan uchrashuvda Jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta boshlangʻich tarkibni maydonga tushirdi. Bu haqda Opta Sports telegram kanali xabar bermoqda. Oʻyin ayni daqiqalarda boʻlib oʻtmoqda, uchrashuvda hisob — 0:0.

Maydonga dastlabki daqiqalardan chiqqan Eron futbolchilarining oʻrtacha yoshi 32 yosh-u 181 kunni tashkil etmoqda. Eron tarkibidagi eng yosh futbolchi — «Rostov» hujumchisi Muhammad Mohebi boʻlib, u 27 yoshda.

1-turdan soʻng «G» guruhining barcha ishtirokchilari hisobida bittadan ochko mavjud. 3-turda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan toʻqnash keladi (27-iyun), Eron esa 3-turda Misr bilan kuch sinashadi (shuningdek, 27-iyun).

Eslatib oʻtamiz, JCh-2026 musobaqalari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting