locale OZ

Eron terma jamoasi AQSh raketasi sabab halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan Meksikaga yetib keldi

Avvalroq forslar viza olgani haqida xabar berilgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Eron terma jamoasi AQSh raketasi sabab halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan Meksikaga yetib keldi
FOTO: Getty Images

Eron milliy terma jamoasi Meksikaga ko‘kragiga «168» raqami tushirilgan nishonlar bilan yetib keldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Ushbu raqam 2026 yil 28 fevraldagi hujum oqibatida halok bo‘lgan bolalar sonini anglatadi. O‘shanda Amerikaning raketasi Minabdagi maktabga borib tekkan edi. Halok bo‘lgan bolalarning aksariyati qizlar bo‘lgan.

Keyinchalik bu zarba AQShning harbiy xatosi tufayli yuz bergani tasdiqlandi. Hujum oqibatida jami 175 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq Eron terma jamoasi o‘zining mashg‘ulot bazasini AQShdan Meksikaga ko‘chirgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, JCh-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi dunyo birinchiligi finalida argentinaliklar Fransiya bilan to‘qnash kelishgan. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa argentinaliklar kuchliroq chiqqan edilar (4:2).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting