locale OZ

Eron milliy jamoasi JCh-2026'da ishtirok etmasligi mumkin — manba

Bunga AQShning Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan yuritayotgan siyosati sabab boʻlmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron milliy jamoasi JCh-2026'da ishtirok etmasligi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Eron milliy terma jamoasi AQSHning Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan yuritayotgan tajovuzkor siyosati sababli 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Siyosiy vaziyatning keskinlashishi 28 fevral kuni tongda Isroilning Eronga zarba berishi bilan boshlandi. Bir necha soat o‘tgach, AQSH Prezidenti Donald Tramp yirik harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Eron bunga javoban Isroil va mintaqadagi Amerika harbiy bazalariga raketa zarbalari yo‘lladi.

Eron terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, «G» guruhidan o‘rin olgan edi. Mazkur guruhda jamoaga Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya raqiblik qilishi belgilangan. Guruh bosqichining barcha uchta o‘yini AQSH hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yozda uch mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi mundial finalida argentinaliklar Fransiya bilan kuch sinashgan edi. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan, penaltilar seriyasida esa Argentina 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting