locale OZ

Eron JCh-2026 qur'asini baykot qildi

Bunga AQSh tomonidan delegatsiya aʼzolariga viza berilmagani sabab boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron JCh-2026 qur'asini baykot qildi
FOTO: Getty Images

Eron Futbol Federatsiyasi rahbariyati 5 dekabr kuni Vashingtonda boʻlib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati qur’asida ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Bunga AQSh tomonidan delegatsiya a’zolarining bir nechtasiga viza berilmagani sabab bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar bermoqda.

«Biz FIFAga qabul qilingan qarorlarning sportga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildik va Eron delegatsiyasi qur’ada qatnashmaydi», — dedi federatsiya vakili.

Manbalarga ko‘ra, delegatsiya tarkibidan atigi to‘rt kishiga — jumladan, Eron bosh murabbiyi Amir Galenoiga viza berilgan. Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting