Eron futbol federatsiyasi prezidenti: «Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarini boykot qilamiz, ammo Jahon chempionatini emas»
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.
FOTO: Getty Images
Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Yaqin Sharqdagi mojarolar sababli milliy terma jamoa JCh-2026 musobaqasini boykot qilmasligini rasman ma’lum qildi. Avvalroq federatsiya rahbari Eron terma jamoasining jahon chempionati doirasidagi o‘yinlarini AQSH hududidan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini bildirgan edi.
«Milliy terma jamoamiz Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda va u yerda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Biz Amerikani boykot qilamiz, biroq jahon chempionatini boykot qilmoqchi emasmiz», — dedi Mehdi Toj.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist