locale OZ

Eron futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishini e’lon qildi

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhajeroniy mamlakat milliy terma jamoasi 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga borishini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

“Sport vazirligi milliy terma jamoamizning AQShda o‘tadigan JCH-2026 da ishtirok etishga to‘liq tayyorligini e’lon qildi. Jamoaning munosib va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, dedi hukumat vakili.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirlarida AQSh, Isroil va Eron o‘rtasida siyosiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan edi. Natijada AQSh va Isroilning Eronga bergan zarbalari oqibatida 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting