Eron FIFA'ning bayonotiga bayonotiga javob qaytardi
Eron futbol ittifoqi vitse-prezidenti Mehdi Muhammad Nabiy FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi borasidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
«Biz uchun eng muhimi — FIFA qoidalari va reglamentlaridir. Biz FIFAning har qanday qarorini hurmat qilamiz. Har bir mezbon davlat FIFA oldida majburiyat olgan va ularga rioya qilishi shart. Infantino biz o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazayotganimizdan xabar topgach, shaxsan o‘zi tashrif buyurdi va biz samarali muloqot o‘tkazdik», — deya funksionerning so‘zlarini Footmercato nashri keltirmoqda.
Avvalroq, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj tashkilot Eron terma jamoasining JCH-2026 doirasidagi o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy geosiyosiy vaziyat tufayli Eronda terma jamoaning turnirda ishtirok etishdan voz kechishi mumkinligi haqida gaplar bolalagan edi. O‘z navbatida, AQSH prezidenti Donald Tramp ham Eron milliy jamoasining ushbu turnirda bo‘lishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan.