Eron chempionati. 7-turi. Istiqlol o‘z maydonida Mes bilan bahs yuritib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi
Tehronliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov to‘liq harakat qildi.
photo: Google
Eron chempionatining 7-turidan o'rin olgan Istiqlol hamda Mes jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi. Qiziqarli kechgan uchbu uchrashuvda mezbonlar Asani tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Tehronliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov to‘liq harakat qildi. 54-daqiqada sariq kartochka oldi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Istiqlol» ochkolari sonini 10 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Mes» esa 5 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.
Eron proligasi. 7-tur
Istiqlol — Mes 1:0
Gol: Asani 11
Istiqlol — Farabbosi, Gudarzi, ASHURMATOV, Fallah, Hardani, Munir, Ahmadi (Zamani, 77), Razzoqinia, Asani, Saharxizan, Kushki (Jenepo, 77).
Ibrohim Jalolov
Redaktor