locale OZ

Eron AQSh va Isroilning hujumlari tufayli mamlakat futbol infratuzilmasiga yetkazilgan zarar haqida FIFA'ga xabar berdi

Avvalroq forslar mundialda ishtirokidan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eron AQSh va Isroilning hujumlari tufayli mamlakat futbol infratuzilmasiga yetkazilgan zarar haqida FIFA'ga xabar berdi
FOTO: Getty Images

Eron futbol federatsiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ga harbiy mojarolar natijasida mamlakatdagi sport infratuzilmasi, jumladan, futbol ob’yektlari vayron bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

«Chuqur afsus va qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, Eron Islom Respublikasining muqaddas tuproqlariga qilingan noqonuniy harbiy hujum natijasida Eron sport infratuzilmasiga, ayniqsa futbol ob’yektlariga jiddiy zarar yetkazildi», — deyiladi Eronning ISNA agentligi tomonidan keltirilgan FIFAga yo‘llangan maktub matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda mavjud geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, milliy terma jamoaning JCh-2026 dagi ishtirokidan voz kechish ehtimoli haqida bayonotlar berilgan edi. Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp ham Eron terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etishi maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting