Ernan Krespo — \"San-Paulu\" bosh murabbiyi
U sobiq jamoasida yana ish boshladi.
Photo: Getty Images
Argentinalik futbol afsonasi Ernan Krespo Braziliyaning “San-Paulu" klubi ustoziga aylandi.
49 yoshli mutaxassis qoniqarsiz natijalar sabab iste'foga chiqarilgan Luis Subeldia o‘rnini egalladi.
Qayd etilishicha, Ernan sobiq jamoasi bilan 2026 yil 31 dekabrgacha shartnoma imzoladi.
U 2021 yilda ham ushbu klubni boshqargan va San-Paulu shtati finalida “Palmeyras”ni mag‘lub etib, g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ernan Krespo bunga qadar “Al Ayn” klubini boshqargan va Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. 2024 yilning noyabrida iste'foga chiqarilgandi.