Erling Xoland dubli Braziliyani JCHdan chiqarib yubordi
Braziliya turnir bilan xayrlashdi
ФОТО: Getty images
2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Norvegiya terma jamoasi Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, tarixda ilk bor mundial chorak finaliga chiqdi.
Bellashuvning 14-daqiqasida braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes penaltidan foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limda, 67-daqiqada Neymar maydonga tushdi.
Uchrashuv taqdiri so‘nggi daqiqalarda hal bo‘ldi. Norvegiya hujumchisi Erling Xoland 79-daqiqada hisobni ochdi, 90-daqiqada esa o‘zining ikkinchi golini urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. Qo‘shimcha daqiqalarda Neymar penaltidan gol urgan bo‘lsa-da, bu Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist